Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 22-aprel (infografika)

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 22-aprel (infografika)

Infografika: «Xabar.uz»

Bugun, 22-aprel — mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanganining 39-kuni.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 21-aprel soat 23:00 holatiga, mamlakatimizda COVID-19ni yuqtirganlar jami soni 1678 nafarga yetdi: 357 nafar bemor sog‘ayib ketgan, nafari vafot etgan.

21-aprel sanasida O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirganlar soni 51 nafarga ko‘paydi.

O‘zbekistonda koronavirus holati bo‘yicha ikkita yaxshi tendensiya shakllanyapti:

Birinchidan, to‘rt kundan beri koronavirusni yuqtirish bo‘yicha yangi holatlar soni kamayishda davom etyapti.

  • 18-aprel — 85 ta holat;
  • 19-aprel — 75 ta holat;
  • 20-aprel — 62 ta holat;
  • 21-aprel — 51 ta holat.

Ikkinchisi, xuddi shuning teskarisi, koronavirusdan sog‘ayganlar soni tinimsiz oshyapti:

  • 18-aprel — 38 nafar;
  • 19-aprel — 31 nafar;
  • 20-aprel — 36 nafar;
  • 21-aprel — 96 nafar.

Albatta, kechagi kunning eng yaxshi xabari O‘zbekistonga koronavirus kirib kelganidan beri bir kunda aniqlangan kasallar sonidan shifo topganlar sonining ko‘p bo‘lganidir.

«Worldometers» ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus eng ko‘p tarqagan mamlakatlar — AQSh (803,5 ming), Ispaniya (204,1 ming), Italiya (183,9 ming), Fransiya (155,3 ming, 20-aprel ma’lumoti), Germaniya (148 ming) va Buyuk Britaniya (129 ming).

Ayni paytda dunyo bo‘yicha koronavirus aniqlangan insonlar jami soni 2.530.919 nafarga yetdi, shundan 175.370 nafari vafot etgan, 669.433 nafar bemor sog‘ayib ketgan.

Dunyoning 185 mamlakati va hududida koronavirus mavjud.


Eslatma: ayrim raqamlar soniyasiga yangilanib turgan global manbalardagidan farqlanishi mumkin — koronavirus juda tez tarqamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring