Koronavirus pandemiyasi yana uch oyga uzaytirildi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasining 14-yig‘ilishida koronavirus pandemiyasini yana uch oyga uzaytirish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Qo‘mita a’zolari SOVID-19 dan o‘lim ko‘rsatkichlari boshqa respirator kasalliklarga nisbatan yuqoriligidan xavotirda ekanligini ma’lum qildi. Qolaversa, past va o‘rta daromadli mamlakatlarda mazkur xastalikka qarshi vaksinalar zaxirasi yetarli emas.
Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab ommaviy immunitetni shakllantirish infeksiyani jilovlashga yordam beradi. Biroq koronavirus kelgusida odamlar va hayvonlarda doimiy patogen bo‘lib qolishi mumkin.
JSSTning Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi har uch oyda bir marta yig‘iladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter