Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus pandemiyasining keyingi taqdiri

Koronavirus pandemiyasining keyingi taqdiri

Foto: «24tv.ua»

Chikago universiteti epidemiologi Sara Kobi koronavirus epidemiyasi tugashining ehtimoliy ssenariylarini sanab o‘tdi. Bu haqda «Scientific American» jurnalida xabar berilgan.

Birinchi ssenariyga ko‘ra, virus mutatsiyaga uchrab, xavfi kamayadi. Mutaxassis 1918-yilgi «ispanka» pandemiyasini misol tariqasida keltirdi. O‘shanda 50 million kishi hayotdan ko‘z yumgan. Vaqt o‘tishi bilan kasallik oddiy mavsumiy grippga aylangan.

Voqealar rivojining ikkinchi variantiga ko‘ra, cheklov choralari tufayli virus ustidan g‘alaba qozoniladi. 2002-2003-yillarda SARS-CoV koronavirusi chaqirgan atipik pnevmoniya tarqalishi xuddi shunday bo‘lgandi, deya ta’kidlagan ekspert. O‘shanda samarali epidemiologik nazorat kasallikning keng tarqalishiga yo‘l qo‘ymadi, qurbonlar soni ham nisbatan kam bo‘lgan.

Uchinchi ssenariy – vaksina yaratilib, infeksiya tarqalishini to‘xtatadi. Kobi 2009-yilgi cho‘chqa grippi pandemiyasini esga oldi. Emlash kampaniyalarining sharofati bilan ikkinchi to‘lqin bartaraf etildi. Pirovard natijada gripp «ispanka» taqdirini takrorladi va mavsumiy kasallikka aylandi.

Epidemiologning fikricha, yangi tipdagi koronavirusni yengish uchun davlat tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, odamlarning ongi va ilmiy yutuqlar majmui zarur.

«Koronavirusga qarshi kurashda 50 foiz muvaffaqiyat hukumatning qanchalik samarali chora ko‘rishi hamda odamlarning cheklovlarga sidqidildan amal qilishiga bog‘liq. Qolgan 50 foiz muvaffaqiyatni ilm-fan berishi zarur», — deydi mutaxassis.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring