Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus: Shvetsiya xatosini tan oldi, qisman...

Koronavirus: Shvetsiya xatosini tan oldi, qisman...

Anders Tegnell.

Foto: «EurAsia Daily»

«EurAsia Daily» yozishicha, koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashishda ihotalashni rad etuvchi shved strategiyasi xato deb topildi. Buning o‘rniga butun dunyo qo‘llagan usul (karantin) bilan shved usuli «oralig‘idagi» nimanidir qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lardi. Shvetsiya radiosiga bergan intervyusida mamlakat bosh epidemiologi Anders Tegnell shuni ma’lum qildi.

«Agarda bugungi mavjud bilimlarimiz bilan bu kasallikka ro‘baro‘ kelganimizda, nazarimda, butun dunyo qo‘llagan usul bilan shved usuli «oralig‘idagi» nimanidir tanlagan bo‘lar edik», — dedi Tegnell.

Tegnellning bayonotiga shved siyosatchilari darhol javob qaytarishdi. Xususan, Tegnellning iqrori «Shved demokratlari» partiyasi raisi Jimmi Akessonni ajablantirdi.

«Bir necha oy barcha ovozlarimizni o‘chirib kelishdi, Shvetsiya to‘g‘ri qildi, boshqalar noto‘g‘ri qildi deb. Endi esa bunday deyishyapti», — deb yozdi siyosatchi «Twitter»da.

Shvetsiya — Yevropa ittifoqi mamlakatlari orasida o‘zini o‘zi himoyalash yoki boshqa cheklov choralarini qo‘llamagan yagona mamlakat.

Shvetsiya mutasaddilari aholida «to‘da immuniteti» yoki kerakli vaksina paydo bo‘lishiga umid qilishgandi. Garchi 50 dan ortiq kishi to‘planadigan tadbirlar cheklangan bo‘lsa-da, restoranlar, do‘konlar, sport klublari, maktablar ishlashda davom etdi. «Shved strategiyasi» muallifi mamlakat bosh epidemiologi Anders Tegnell edi.

Oqibati shu bo‘ldiki, aholi jon boshiga koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha Shvetsiya Yevropada eng oldingi o‘rinlarga chiqdi (har 1 million aholiga 450 qurbon).

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Shvetsiyada koronavirusni yuqtirganlar soni 40 803 nafarga yetgan, sog‘ayib ketganlar — 4 971 nafar, vafot etganlar — 4 542 nafar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring