Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus: so‘nggi vaqtlardagi eng past natija qayd etildi

Koronavirus: so‘nggi vaqtlardagi eng past natija qayd etildi

Foto: Xabar.uz

2021-yil 2-sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 158561 (+689) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

69 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
25 nafari Andijon viloyatida,
15 nafari Buxoro viloyatida,
19 nafari Jizzax viloyatida,
12 nafari Qashqadaryo viloyatida,
12 nafari Navoiy viloyatida,
19 nafari Namangan viloyatida,
59 nafari Samarqand viloyatida,
20 nafari Sirdaryo viloyatida,
16 nafari Surxondaryo viloyatida,
73 nafari Farg‘ona viloyatida,
28 nafari Xorazm viloyatida,
98 nafari Toshkent viloyatida,
224 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 150350 (+583) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1099 nafarni tashkil qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring