Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus tarqalishining yangi versiyasi paydo bo‘ldi

Koronavirus tarqalishining yangi versiyasi paydo bo‘ldi

Foto: «Depositphotos/javarman»

Yangi koronavirus odam organizmiga 2012-yildayoq moslashib olgan bo‘lishi mumkin, deb yozadi «The Sun» virusolog Jonatan Latem va biolog Ellison Uilson ma’lumotlariga tayanib.

Tadqiqotchilar Xitoyning Yunnan provinsiyasida ikki hafta konni ko‘rshapalak axlatidan tozalagan konchilarni davolagan shifokorlarning qaydnomalarini topib olishdi. Kasallanganlarda COVID-19ga xos alomatlar kuzatilgan: pnevmoniya, quruq yo‘tal, isitma va oyoq-qo‘llardagi og‘riq. Bemorlarga o‘pka ventilyasiyasi kerak bo‘lib qolgan, oltita ishchidan uch nafari vafot etgan.

Konchilarning tahlil namunalarini Uxandagi laboratoriyaga yuborishgan. U yerda ishchilar atipik pnevmoniyaga o‘xshash koronavirusni yuqtirib olgani aniqlangan. Shunga ko‘ra, tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, COVID-19 allaqachon odam organizmiga moslashib bo‘lgan deb hisoblash mumkin.

So‘nggi bir necha oylar davomida yangi koronavirusning kelib chiqishi borasida turli xil versiyalar ilgari surilmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ta’kidlashicha, infeksiya hali yaxshi o‘rganilmagan, shu bois xulosa chiqarishga erta. Mutaxassislar izlanishlarini davom ettirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring