Koronavirus yuqtirganlar 92 mingdan oshdi, xavf yuqoriligicha qolyapti

2021-yil 2-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 92006 (+363) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
5 nafari Andijon viloyatida,
7 nafari Jizzax viloyatida,
8 nafari Qashqadaryo viloyatida,
4 nafari Navoiy viloyatida,
5 nafari Namangan viloyatida,
46 nafari Samarqand viloyatida,
6 nafari Sirdaryo viloyatida,
3 nafari Surxondaryo viloyatida,
4 nafari Farg‘ona viloyatida,
10 nafari Xorazm viloyatida,
74 nafari Toshkent viloyatida,
188 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 653 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3388 nafar bemor davolanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter