Koronavirusdan o‘limlar soni pasaytirib ko‘rsatilyapti — JSST

JSST bayonotiga ko‘ra, dunyoda COVID-19 dan o‘limlar soni rasmiy raqamlarda ko‘rsatilganidan ko‘p. Bu haqda «RIA Novosti» yozmoqda.
JSSTning sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Mayk Rayanning aytishicha, koronavirus bilan kasallanish oqibatida vafot etganlarning barchasi ham shu kasallikdan o‘lgani qayd etilmayapti.
«Ammo bir narsadan aslo tashvishlanmang, boshqa kasalliklar yoki baxtsiz hodisalar qurbonlari kovid qurbonlari ro‘yxatiga tirkalayotgani yo‘q...», — dedi Rayan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter