Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusdan yana bir o‘lim yuz berdi — SSV

Koronavirusdan yana bir o‘lim yuz berdi — SSV

SSV matbuot xizmatining xabar berishicha, 23-mart holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 81678 (+119) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:
1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
1 nafari Andijon viloyatida,
4 nafari Buxoro viloyatida,
1 nafari Jizzax viloyatida,
2 nafari Namangan viloyatida,
1 nafari Samarqand viloyatida,
2 nafari Farg‘ona viloyatida,
1 nafari Xorazm viloyatida,
13 nafari Toshkent viloyatida,
93 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 623 nafarga etdi.

SSV statistikasida koronavirusga chalingan bemor vafot etgani haqidagi ma’lumot so‘nggi marta bir oy muqaddam — 10 fevralda berilgan. O‘shanda kasallikdan vafot etganlar soni 622 nafarga yetgani qayd etilgan.

Takidlash kerakki, 16-mart kuni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Malika Qudratxo‘jayeva koronavirusdan o‘lim holati kuzatilganini aytgandi.

Davolanayotgan 1010 nafar bemordan 191 nafari og‘ir, 85 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring