Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga chalingan shifokor ayol erini rashk qilganidan unga ham kasallikni yuqtirishga urindi

Koronavirusga chalingan shifokor ayol erini rashk qilganidan unga ham kasallikni yuqtirishga urindi

Foto: «Oko-planet.su»

Koronavirusga chalingan ayol erini rashk qilib, qutulishga urinyapti deya gumon qilgan. Shundan so‘ng u eriga hujum qilib, unga ham virusni yuqtirish maqsadida tupura boshlagan. Hodisa Turkiyaning Samsun viloyatida sodir bo‘ldi, deb yozadi «Hurriyet Daily News».

Mustafo ismli kishi rafiqasi shifokor bo‘lib ishlashini ma’lum qildi. Shifoxonada u koronavirusni yuqtirib olgan. Ayol uyda davolangan, eri esa uni parvarish qilgan. Erkak kishining koronavirusga topshirgan test natijasi manfiy chiqqan.

Erkakning tug‘ilgan kunida singlisi qo‘ng‘iroq qilgan. Ularning suhbatiga quloq solib turgan ayol birdan jahli chiqa boshlagan. Eri telefonda u haqida gapirib, undan qutulishga urinyapti, degan xayolga borgan. Shundan so‘ng turmush o‘rtog‘iga koronavirusni yuqtirish maqsadida unga qarab tupgan. Bu ham yetmagandek, uni tishlashga, qo‘llarini og‘ziga solishga uringan.

Janjaldan keyin erkak xotinining ustidan prokuraturaga shikoyat qildi.

«U ilgari ham meni urgan, ammo hech qachon arz qilmagandim. Endi toqatim toq bo‘ldi. U menga yoki bemorlariga zarar yetkazib qo‘yishidan xavotirdaman», — deb izohladi Mustafo.

«Bu mamlakatda nafaqat ayollar, balki erkaklar ham oiladagi zo‘ravonlik qurboni bo‘lishi mumkin. Ortga chekinish niyatim yo‘q», — deya xulosa qildi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring