Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga qarshi kurashda maktablarni yopish kerakmi? — JSST xulosasi

Koronavirusga qarshi kurashda maktablarni yopish kerakmi? — JSST xulosasi

Foto: «Altai.ldpr.ru»

Maktablarni yopish — koronavirus pandemiyasiga qarsha kurashda samarasiz usul, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning Yevropa bo‘yicha mintaqaviy direktori Xans Klyuge.

«Infeksiyaga qarshi kurashda maktablarni yopishning yordami kam, shu bois ularni ochish kerak. Turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan bolalarga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi», — deb yozadi Klyuge «Twitter»dagi o‘zining sahifasida.

Uning aniqlik kiritishicha, COVID-19 holatlari ko‘payganda Yevropa vakolatxonasining tegishli tavsiyalari ma’lum qilinadi.

Koronavirus bilan kasallanganlar sonining keskin ko‘payishi Yevropa mamlakatlarini cheklov choralarini kuchaytirishga majbur qildi. Jumladan, Chexiyada 5-oktyabrdan favqulodda vaziyatlar holati joriy etilgan, mamlakatdagi barcha maktablar yopilgan. Germaniyadagi eng qattiq cheklovlar Bavariyaning Berxtesgadener-Land hududida joriy etilgan bo‘lib, u yerda uzrli sababsiz uydan chiqish taqiqlanadi, shuningdek, maktablar ham ishlamayapti.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring