Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga qarshi ommaviy emlash vaqti e’lon qilindi

Koronavirusga qarshi ommaviy emlash vaqti e’lon qilindi

Illyustrativ foto

COVID-19ga qarshi ommaviy emlash 2021-yilning o‘rtalarida boshlanishi mumkin. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari o‘rinbosari Sumiya Svaminatan ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda 20 dan ortiq vaksinalar klinik sinovlardan o‘tkazilmoqda. Ularning ba’zilari o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. 2021-yilning boshiga qadar kutilgan natijalarni qo‘lga kiritish mumkin.

Avvalroq, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19ga qarshi vaksinani birinchi bo‘lib kimlar olishini aytgandi. Birinchi darajali guruhlarga pandemiyaga qarshi kurashning boshida turgan odamlar kiradi: tez yordam mashinalari haydovchilari, tez tibbiy yordam brigadalari a’zolari va boshqa sog‘liqni saqlash xodimlari. Shuningdek, gipertoniya, qandli diabet kabi kasalliklarga chalingan keksa odamlar ham birinchilardan bo‘lib emlanishi lozim deb hisoblanmoqda.

«Worldometer» ma’lumotlariga ko‘ra (21.07.2020, 23:50), jahonda koronavirusga chalinganlar soni 14 973 215 nafarga yetdi, vafot etganlar — 615 939 nafar, sog‘ayganlar — 8 991 795 nafar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring