Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusni ikki daqiqada yo‘q qiladigan oddiy mahsulot nomi aytildi

Koronavirusni ikki daqiqada yo‘q qiladigan oddiy mahsulot nomi aytildi

Foto:«Rossiyskaya gazeta»

Rux va qalay moddasi mavjud bo‘lgan tish pastalari ikki daqiqada koronavirusni 99,9 foiz zararsizlantirishga qodir ekani aytilmoqda. Laboratoriya tadqiqotlarini o‘tkazgan  amerikalik olimlar shunday xulosalarga kelishdi. Tadqiqotlar British Dental Journalda chop etilgan.

Dasturning maqsadi SARS-CoV-2ning og‘izdan parvarish qilish vositalari bilan tarqalishini kamaytirish mumkinmi yoki yo‘qligini aniqlash edi.

Jumladan, setilpiridiniyum xlorid bilan og‘izni yuvish virusni yarim daqiqada yo‘qolishiga sabab bo‘ladi.

Mazkur xulosalarga koronavirus yuqtirgan va tish pastasidan foydalanuvchi 260 nafar kishi ishtirokidagi tadqiqotlarda erishilgan. 

Eslatib o‘tamiz, jahon bo‘ylab koronavirus yuqtirganlarning soni 70 mln. nafardan oshib ketdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring