Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Korrupsiyaga qarshi megatanlov: oliy sovrin — Apple iPhone X!

Korrupsiyaga qarshi megatanlov: oliy sovrin — Apple iPhone X!

Adliya vazirligi tomonidan «Biz korrupsiyaga qarshimiz» megatanlovi e’lon qilingan edi. Tashkilotchilarning  ma’lum qilishicha, hozirda tanlov jarayoni tobora qiziqarli tus olmoqda.

Xususan, megatanlov doirasida o‘tkazilayotgan «Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi» insholar tanlovining birinchi bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi. Tumanlar darajasida o‘tkazilgan ushbu insholar tanloviga shu kungacha respublika bo‘yicha qariyb 27 mingdan ortiq insho topshirilgan. Birgina Samarqand viloyatining o‘zida tanlov uchun 4 mingdan ortiq insho qabul qilingan.

Har bir tumandan har yo‘nalishdan 3 tadan g‘olib, jami 1000 dan ortiq ishtirokchi ikkinchi bosqichga o‘tkaziladi.

Insholar maktab o‘quvchilari va talabalar o‘rtasida o‘tkazilayotganini hisobga olinsa, ushbu zararli, jirkanch illatga qarshi yosh avlodda o‘ziga xos fuqarolik pozitsiyasi, toqatsizlik va murosasizlik mavjudligi quvonarli holdir.

Shuni hisobga olgan holda Adliya vazirligi tanlovning mukofot jamg‘armasi oshirilganini ma’lum qildi.

Ma’lumki, g‘oliblarga har bir nominatsiya bo‘yicha 1-o‘rin sohiblariga Samsung Galaxsy S9 smartfonlari, 2-o‘rin sohiblariga noutbuk va 3-o‘rin sohiblariga televizor va’da qilingan edi.

Endi oliy sovrin ham joriy etildi! Oliy sovrin umumiy ishtirokchilar orasidan (nominatsiyasidan qat’i nazar) bitta eng yaxshi ishtirokchiga topshiriladi. Nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib bo‘lganlar oliy sovringa da’vo qila olmaydi.

Oliy sovringa loyiq ishtirokchini hakamlar hay’ati aniqlaydi.

Oliy sovrin sifatida g‘olibga Apple iPhone X smartfoni beriladi!

Eslatib o‘tamiz, tanlov 4 yo‘nalishda – eng yaxshi jurnalistik material, eng yaxshi blogpost, eng yaxshi ijtimoiy rolik, eng yaxshi insho yo‘nalishlarida o‘tkazilmoqda.

Batafsil ma’lumotni quyidagi havoladan olish mumkin: http://www.minjust.uz/uz/press-center/announcement/90834/

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring