Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Korrupsiyani bilib-bilmaslikka olib yurgan inspeksiya rahbarlari ishiga baho beriladi

Korrupsiyani bilib-bilmaslikka olib yurgan inspeksiya rahbarlari ishiga baho beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishda har bir vazir va hokimga bu yil barcha xizmatlar bo‘yicha davlat idoralari va aholi o‘rtasidagi munosabatlarni tuman kesimida baholaydigan tizim yaratish topshirildi.

Ko‘rsatilgan servis sifatiga aholini o‘zi baho beradi, eng yomon deb topilgan idora rahbarlari bo‘yicha xulosa qilinadi.

Shuningdek, fuqarolar suv, gaz, elektrga ulanish, subsidiya, pensiya va moddiy yordam olish kabi masalalarda idorama-idora yurmasdan, onlayn javob oladigan tizim bo‘lishi kerakligi qayd etildi.

Mutasaddilarga sun’iy intellekt asosida aholining savollariga qo‘l telefoni orqali sodda javob beradigan onlayn platformani ishga tushirish topshirildi.

Shu bilan birga, sohalarni nazorat qilib, tartibga solishga mas’ul 14 ta inspeksiya bor, ular juda katta vakolat va kuchga ega. Ushbu idoralar xodimlari ham korrupsiyaga qo‘l urayotgani tashvishli ekani ta’kidlandi.

Vazirlar Mahkamasiga tizimidagi korrupsiyani bilib-bilmaslikka olib yurgan inspeksiya rahbarlari ishiga baho berib, ikki haftada korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha har biriga aniq vazifa qo‘yish topshirildi. Har oyda bittadan inspeksiya faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqiladi va ulardan qattiq so‘rov qilib boriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring