Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Korxonadan 4 mlrd so‘mni «uxlatgan» hisobchi ushlandi

Korxonadan 4 mlrd so‘mni «uxlatgan» hisobchi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tadbirkorning 3,9 mlrd so‘mini o‘zlashtirgan bosh hisobchi aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, «S.G.» MChJ bosh hisobchisi Ye.K. tijorat banki filialidan bank-kliyent dasturidan foydalanish uchun ushbu MChJga berilgan elektron kalitdan foydalanib, oylik ish haqidan tashqari qo‘shimcha 3,9 mlrd so‘mini o‘ziga avans sifatida hisoblab, bank plastik kartasiga o‘tkazish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring