«Korzinka», «Olma», «Havas»: Eng ko‘p qaysi kompaniyalarning xarid cheklari ro‘yxatdan o‘tkazildi?
2026-yil may oyida Soliq mobil ilovasi orqali eng ko‘p chek ro‘yxatdan o‘tkazgan kompaniyalar ma’lum bo‘ldi. Reytingda oziq-ovqat savdosi yetakchilik qildi.

Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil may oyida xarid cheklari Soliq mobil ilovasi orqali eng ko‘p quyidagi korxonalar bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan:
- «Anglesey Food» MChJ XK («Korzinka») — 6,8 mln chek, 9,4 mlrd so‘m keshbek;
- «Xalq Retail» MChJ («Olma») — 2,6 mln chek, 1,2 mlrd so‘m keshbek;
- «Havas Food» MChJ QK («Havas») — 2,4 mln chek, 1,2 mlrd so‘m keshbek;
- «Madina Qandolat» MChJ («Safia») — 748,3 ming chek, 820 mln so‘m keshbek;
- «Darvoza Savdo» MChJ («Makro») — 506,2 ming chek, 336,5 mln so‘m keshbek.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter