Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kosmonavtlar fazoda qanday ovqatlar yeyishi ma’lum bo‘ldi (foto)

Kosmonavtlar fazoda qanday ovqatlar yeyishi ma’lum bo‘ldi (foto)

Foto: «Nauchnaya Rossiya»

«Nauchnaya Rossiya» kosmik ekipaj a’zolari qanday ovqatlar iste’mol qilishini ochiqladi.

E’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, ekipaj qatnashchilari uchun uch turdagi: go‘shtli, sabzavotli va garnirli ovqatlar ratsionlari shakllantiriladi. Fazogirlarning ta’biga qarab u yoki bu masalliq qo‘shiladi yoki kamaytiriladi. «Menyu» asosan konservalar yoki maxsus — sublimatsion quritish yo‘li bilan tayyorlangan ovqatlardan iborat. Oxirgi usulda ovqatlar avvaliga odatdagi tarzda tayyorlanadi, keyin muzlatiladi, quritiladi, tarkibidagi suyuqlik chiqarib yuboriladi. Ularga keyin suv qo‘shilsa, yeyishga yaroqli holatga keladi.

Sobiq ittifoqning ilk kosmonavtlari oziq-ovqatlari to‘plami.
Foto: «RIA Novosti»
Fazodagi «ibtidoiy davr»da ovqatlar mana bunaqa tyubiklarda ham berilgan.
Foto: «Cont.ws»

Fazogirlarning yaqinlari ularga ovqat jo‘natishlari ham mumkin. Biroq bungacha ovqatlar maxsus jiddiy sinovga dosh berishi kerak.

Umuman olganda fazogirlarga 16 kunlik ovqat beriladi, ular har xil bo‘ladi. Barcha porsiyalarning energetik qiymati kuniga bir kishiga 3 ming kaloriyani tashkil etadi.

Mana bu paketdagi pushtirang kukunga suv qo‘shilsa tayyor ovqat — borshga aylanadi.
Foto: «Nauchnaya Rossiya»

Bundan tashqari, «fazoviy taom» uch turga ajratiladi: termostabillashgan, regidratlashgan va tabiiy. Bulardan oxirgisiga qo‘shimcha ishlov berish talab etilmaydi. Regidratlashgan ovqat tarkibida suv bo‘lmaydi, uni tanovul qilish uchun suv qo‘shish kerak. Masalan, tvorog, ugra kabilar. Termostabillashgan ovqatlarni qadog‘ini ochishdan oldin isitish kerak bo‘ladi (no‘xatli sho‘rva, sabzavotlar qo‘shilgan go‘sht).

Zamonaviy kosmonavtlarning oziq-ovqat to‘plami.
Foto: «Yeda-kosmonavtov.rf»

Xabarda yozilishicha, Xalqaro kosmik stansiyadagi rossiyalik va amerikalik fazogirlarning ovqatlari shu ikki mamlakatda tayyorlangan. Bu esa ularga menyuni boyitish imkonini beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring