Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kosmos-482» fazoviy qurilmasi Hind okeaniga qulab tushdi

«Kosmos-482» fazoviy qurilmasi Hind okeaniga qulab tushdi

1972-yilda uchirilgan «Kosmos-482» kosmik kemasi Toshkent vaqti bilan 11:24 da atmosferaning zich qatlamlariga kirgan va Hind okeanidagi O‘rta Andaman orolidan 560 kilometr g‘arbda qulagan.

Bu haqda «Roskosmos» agentligi xabar bermoqda.

«Kosmos-482» fazoviy apparati Sovet Ittifoqining Venerani o‘rganish bo‘yicha sayyoralararo dasturi doirasida uchirilgan qurilma hisoblanadi. Uning uchirilish maqsadi Veneraning zich atmosferasi, harorati, bosimi, yoritilishi va yuzasining tarkibini o‘rganish edi.

«Roskosmos» xabariga ko‘ra, harakat blokidagi nosozlik sababli qurilma Yerning yuqori elliptik orbitasida qolgan va asta-sekin sayyoraga yaqinlashib, so‘ng qulagan.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin qator OAVlar mazkur fazoviy apparatning yerga qulashi haqida yozgan va hatto, ayrim manbalar uning Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston hududiga qulab tushishini ham istisno qilmagan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring