Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kovid mojarosi: «Liverpul» testlarni soxtalashtirganmidi?

Kovid mojarosi: «Liverpul» testlarni soxtalashtirganmidi?

Angliya futbol ligasiga ko‘plab jamoalardan e’tirozlar kelib tushgan. Chunki «Liverpul» klubi kuboklar o‘yinlarida o‘ynash uchun koronavirus testlarini soxtalashtirgan bo‘lishi mumkin.

Gap shundaki, 6 yanvarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Angliya liga kubogi yarim finalidagi «Arsenal» va «Liverpul» bahsi mersisaydliklar talabi bilan qoldirilgandi. Lekin «Liverpul» 9 yanvarda Angliya kubogi 1/32 finalida «Shrusberi Taun»ga (4:1) qarshi maydonga tushgan.

O‘yindan keyin bosh murabbiy Yurgen Klopp futbolchilar topshirgan barcha testlar yolg‘on bo‘lib chiqqanini, faqat Trent Aleksandr-Arnolddagina ijobiy natija chiqqanini aytgan.

Angliya jamoalari esa ushbu test natijalari aynan qachon ma’lum bo‘lganiga qiziqishmoqda. Agar «Liverpul» «Arsenal»ga qarshi o‘yinni sababsiz ortga surgan bo‘lsa, mersisaydliklarga nisbatan jiddiy sanksiyalar qo‘llanilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring