Ko‘zi ojiz kelinni qo‘llab-quvvatlash uchun mehmonlar ham ko‘zlarini bog‘lashdi
Bolaligida Lyusi Edvardsga kamdan-kam uchraydigan genetik kasallik tashxisi qo‘yilgan, bu esa ko‘rish muammolariga olib kelgan.
2015-yilda Lyusi Birmingemda (Angliya) yashovchi Olli Cave bilan uchrashadi va uni sevib qoladi. 2018-yilda ular unashtirildi. Biroq, Lyusi uning ko‘rish qobiliyati yomonlashayotganidan xavotirda edi. Ammo xavotiri bejiz emas ekan. Lyusi to‘yida ko‘zi ojiz kelin bo‘lishini tushundi.
Yaqinda, sentyabr oyida ularning to‘yi bo‘ldi. To‘y biroz qayg‘uli boshlansa-da, lekin ayni paytda juda ta’sirli va esda qoladigan bo‘ldi. Buning sababi shundaki, ko‘pchilik mehmonlar Lyusini qo‘llab-quvvatlashga qaror qilishdi va ko‘zlarini bog‘ichlar bilan bog‘lashdi. Mehmonlar kelinning his-tuyg‘ularini tushunishni xohlashdi – bunday shodiyonali kunni ko‘rishga emas, balki boshqa his-tuyg‘ularni boshdan kechirishga majbur bo‘lishdi. Ko‘zlari bog‘langan kuyov avvaliga sevgilining chiroyli libosini his qilganini va bu ajoyib hissiy tajriba ekanligini aytdi.
Lyusi hech qachon ikkita qarama-qarshi his-tuyg‘ularni boshdan kechirmaganligini aytdi. U bir vaqtning o‘zida o‘z to‘yini ko‘ra olmasligidan xafa bo‘ldi va shu bilan birga sevgan insoniga turmushga chiqayotganidan baxtni his qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter