Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kreditlar yillik 14 foiz stavkada ajratiladi

Kreditlar yillik 14 foiz stavkada ajratiladi

Foto: «Xabar.uz»

«Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–55-son, 20.12.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2022 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida maqsadli jamg‘armalar hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining resurslari banklarga yillik 10 foizda joylashtiriladi.

Shuningdek, imtiyozli kreditlar yillik 14 foiz stavkada:

  • aholi hamda tadbirkorlarga – 3 oydan 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
  • chorvachilik, baliqchilik va parrandachilik uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;
  • bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilik, issiqxona, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha;
  • «Hunarmand» uyushmasi a’zolariga – 3 yilgacha hamda aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 18 oygacha ajratiladi;
  • kreditlar hokim yordamchisining tavsiyasi asosida ajratiladi;
  • chorvachilik uchun kreditlar kamida 10 dan 50 boshgacha chetdan keltirilgan naslli chorva mollarini boqish uchun kichik fermalarni tashkil etishga beriladi;
  • «yetakchi» tadbirkorlarga dehqon xo‘jaliklari yer maydonlari va aholi tomorqalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kooperatsiya asosida yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlarni xarid qilish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kreditlar ajratiladi.

2022  yil  1 martdan kreditlar to‘liq raqamlashgan holda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali ajratiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring