Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kripto» pullarning kelajagi yo‘q

«Kripto» pullarning kelajagi yo‘q

Foto: «Fxteam.ru»

97,8 milliard AQSh dollari miqdorida boylikka ega «Microsoft» asoschisi Bill Geyts «bitcoin» va «kripto» pullarining kelajagi yo‘qligini aytdi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Uorren Baffet va Charli Myunger bilan birgalikda CNBC telekanalining «Squawk Box» ko‘rsatuvida qatnashgan  Geyts «kripto» puliga ega emasligini, lekin avvalroq tug‘ilgan kun uchun «bitkoin» sotib olganini aytdi.

«Bir tanishim menga tug‘ilgan kunimda «bitkoin» sovg‘a qilgan edi. Bir necha yil o‘tib uni sotib yubordim», – degan Bill Geyts.

«Bitkoin» spekulyasiyadan boshqa narsa emas. Agar imkoni bo‘lganida, unga butunlay barham berardim», – deya so‘zini davom ettirgan «Microsoft» asoschisi.

O‘tgan yili qiymati 1000 dollardan 19000 dollarga yuksalgan «bitkoin» bu hafta 9000 dollar atrofida baholandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring