Krishtianu Ronaldu «An Nasr»ga o‘tdi. U qancha maosh olishi ham e’lon qilindi
![Krishtianu Ronaldu «An Nasr»ga o‘tdi. U qancha maosh olishi ham e’lon qilindi](http://static.xabar.uz/crop/2/9/720_460_95_297004703.jpg)
Saudiya Arabistonining «An Nasr» klubi Krishtianu Ronaldu transferini e’lon qildi.
37 yoshli hujumchi klub bilan 2025 yil yozigacha mo‘ljallangan bitim imzoladi. Portugaliyalik futbolchining yillik maoshi — tijorat va elchilik xizmatlari bilan 200 mln yevroni tashkil etadi.
E’tiborlisi, «An Nasr»da O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Jaloliddin Masharipov o‘ynaydi va shu paytga qadar 7-raqam aynan Jaloliddinga tegishli edi.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu JCh-2022 oldidan «MYu» bilan amaldagi shartnomasini bekor qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter