Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Krishtianu Ronaldu muxlislarga murojaat bilan chiqdi

Krishtianu Ronaldu muxlislarga murojaat bilan chiqdi

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu milliy terma jamoa Yevro-2024 dan ketganidan so‘ng o‘zining Instagram sahifasida muxlislarga murojaat qildi.

«Biz ko‘proq narsani xohladik. Biz yaxshirog‘iga loyiqmiz. Portugaliya uchun. Bizga bergan barcha narsalaringiz va shu paytgacha erishgan barcha narsalaringiz uchun minnatdormiz. Ishonchim komilki, maydonda ham, uning tashqarisida ham bu meros sharaflanadi», - deb yozdi 39 yoshli Ronaldu.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya bir kun avval chorak finalda Fransiyaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi.

Ronaldu Yevropa chempionatidagi 30-uchrashuvini o‘tkazib, o‘z rekordini yangiladi. U hozirgi Yevro uning uchun oxirgisi bo‘lishini allaqachon aytgan.

Yarim finalda Fransiya Ispaniya bilan kuch sinashadi. Ushbu uchrashuv 9 iyul kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring