«Krokus»dagi teraktda ayblanayotganlar o‘lim jazosi kuchda bo‘lgan Belarusda sud qilinishi mumkin
«Krokus»dagi teraktda ayblanayotganlar o‘lim jazosi amalda bo‘lgan Belarusda sud qilinishi mumkin.
Ushlanganlar Belarusda sud qilinishi borasidagi muzokaralar «tegishli organlar doirasida» olib borilayotgani haqida deputat Mariya Butina «Belarus 1» telekanali efirida so‘z ochdi.
Davlat dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi (Mariya Butina) «Krokus»dagi teraktda Belarusning ikki fuqarosi halok bo‘lganini aytib, Minsk xuddi Moskva singari, «sud qilish borasida bir xil huquqqa ega»ligini ta’kidlagan.
«Agar ular hozir Rossiyada o‘lim jazosiga moratoriy kiritilganiga umid qilib, bu jazodan qutulib qolishga urinayotgan bo‘lishsa, keling, picha kutamiz, ko‘ramiz», — dedi deputat.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter