Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kunlik kasallanishlar soni yana 200taga yaqinlashdi, bir kishi vafot etdi

Kunlik kasallanishlar soni yana 200taga yaqinlashdi, bir kishi vafot etdi

2021-yil 6-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 84127 (+192) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi hisobotida aytilmoqda. 

Yangi kasallanish holatlarining:

1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
2 nafari Andijon viloyatida,
4 nafari Buxoro viloyatida,
15 nafari Samarqand viloyatida,
3 nafari Sirdaryo viloyatida,
1 nafari Surxondaryo viloyatida,
2 nafari Farg‘ona viloyatida,
2 nafari Xorazm viloyatida,
22 nafari Toshkent viloyatida,
140 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 633 nafarga etdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1439 nafar bemordan 229 nafari og‘ir, 104 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring