Kutilmagan muammo: Yaponiyada plastik kartalarga ajratilgan raqamlar tugab qolyapti

Yaponiyada kutilmagan muammo yuzaga keldi: kredit kartalari (plastik kartalar) uchun ajratilgan raqamlar tugab bormoqda. Masala juda nozik — fursat esa oz.
Yaponlar ham kartalarida 16 xonali raqamlarni ishlatishadi — xalqaro to‘lovga mo‘ljallangan barcha kartalar singari. Biroq ularga 16 xonali raqamlar ozlik qilib qoldi.
Hukumat naqd pulsiz to‘lovlarni rag‘batlantira boshlagach, Yaponiyada kredit kartalariga talab har qachongidan-da ko‘payib ketdi. O‘rtada koronavirus bo‘yicha vaziyat kartalarning ahamiyatini yanayam oshirib yubordi. Hamma internet orqali xarid qilishga o‘tib oldi.
Kartadagi o‘n olti xonali raqamlar Visa va Mastercard singari xalqaro tizimlar bilan hamkorlik uchun kerak.
Bir qarashda 16 xonali raqamlardan kombinatsiyalar yasash son-sanoqsizdek tuyuladi. Aslida unday emas.
Kartadagi dastlabki olti raqam mamlakat, brend, xizmatga doir axborotni o‘z ichiga oladi. Mijozning individual raqamini yasash uchun atigi 10 ta raqam qoladi. Qolaversa, hisob turi haqida ma’lumot ham shuning ichida.
Yaponiyadagi kredit kartalari ishlab chiqaruvchilar masalani yechishga urinishmoqda: xususan, 16 xonali raqamlash tizimi yoniga 17 xonalisini ham qo‘shishmoqchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter