Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Lacetti»dan tanasi chiqarib olib harakatlangan ayol javobgarlikka tortildi

«Lacetti»dan tanasi chiqarib olib harakatlangan ayol javobgarlikka tortildi

Skrinshot.

Ijtimoiy tarmoqlarda, «Lacetti»da ayol kishi tanasini chiqarib olgan holda harakatlanayotganligi aks etgan video aylanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv o‘tkazildi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 17 mart kuni haydovchi M.S. «Chevrolet Lacetti» avtoulovini Chilonzor tumanida boshqarib ketayotgan vaqtida, avtomobil ichida o‘tirgan yo‘lovchi 1996 yilda tug‘ilgan G.A. Yo‘l harakati qoidalarini buzib, salondan tana qismining chiqargan holatda transport vositasida harakatlangan.

Mazkur holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasi 4-qismi («Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yo‘lovchi tomonidan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) salondan chiqarish») bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ular bilan profilaktik suxbat o‘tkazildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring