Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lahorda boshlang‘ich maktablar yopildi — havo juda yomon

Lahorda boshlang‘ich maktablar yopildi — havo juda yomon

Foto: AP

Pokistonning madaniy poytaxti Lahorda havoning ifloslanishi xavfli darajaga yetishi oqibatida hukumat boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun maktablarni bir haftaga yopishga majbur bo‘ldi, deb xabar berdi AP.

O‘tgan dam olish kunlari Lahorda havo sifati indeksi 1000 dan oshib ketdi, bu Pokiston uchun rekord darajada yomon ko‘rsatkich. Shu bois korxonalarning 50 foizgacha xodimlariga uyda ishlash haqida topshiriq berildi.

Lahor — Hindiston bilan chegaradosh Panjob viloyatining markazi. O‘tgan oydan bu yerning havosi keskin yomonlashishni boshladi, hammayoqni zaharli kulrang smog (tutun) qoplab, o‘n minglab odamlar, asosan bolalar va keksalar kasallangan.

Panjob atrof-muhitni muhofaza qilish departamenti ma’lumotiga ko‘ra, havodagi PM 2.5 mayda zarrachalar miqdori 450 ga yetgan, bu juda xavfli.

Boburiylar va undan keyingi davrlarda yam-yashil bog‘lari bilan mashhur Lahordan hozir asar ham qolmagan. Hammayoq beton, millionlab odamlar uchun uylar qurib tashlangan.

Afsuski, dunyoning havosi eng yomon shaharlari ro‘yxatida o‘sha Lahor bilan yonma-yon bizning Toshkentimiz ham joylashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring