Lamin Yamal Xaviga minnatdorchilik bildirdi

«Barselona» hujumchisi Lamin Yamal jamoa sobiq bosh murabbiyi Xavi haqida fikr bildirdi.
«Biz Xavini hech qachon unutmaymiz. U bo‘lmaganida, bu yutuqqa erisha olmasdik. U ancha yosh futbolchilarga imkoniyat berdi. Shuning uchun unga minnatdorlik bildirmoqchiman.
Menimcha, klubga yangi nafas kerak edi. Lekin bu Xavi ishini yaxshi bajara olmadi, degani emas. Ammo Flik kelib, jamoaga yangi ruh bag‘ishladi», – dedi vinger.
Eslatib o‘tamiz, kecha «Barselona» La Liga 36-turi doirasida hamshahari «Espanol» ustidan g‘alaba qozonib o‘z tarixida 28-bor Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter