Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Layk» va «obunachi» tamasida huquqbuzarlik sodir etganlarga javobgarlik belgilanyapti

«Layk» va «obunachi» tamasida huquqbuzarlik sodir etganlarga javobgarlik belgilanyapti

Quyi palata deputatlari Mamuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksini 183-1-moddasi bilan to‘ldirishga doir loyihani qabul qildi.

Qayd etilishicha, mazkur modda bilan ijtimoiy tarmoqlarda haqorat qilish, kamsitish, jamoat va fuqarolar osoyishtaligini buzadigan yoki shunga o‘xshash harakatlar uchun 5 million so‘mgacha jarima yoki 10 sutka qamoq belgilanyapti.

Shuningdek, «layk» to‘plash, obunachilar sonini oshirish yoki turli kontent orqali e’tibor qozonish maqsadida huquqbuzarlik sodir etish, uni tasvirga olib internet tarmoqlarida tarqatish orqali qonun-qoidalarni mensimaslikni targ‘ib etganlik uchun ham ma’muriy jarima qo‘llash nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, o‘zga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli to‘qnashuvlar yoki harbiy harakatlarda qatnashishni targ‘ib qiluvchi mahsulotlarni tarqatish, reklama qilish va namoyish etish uchun ham ma’muriy javobgarlikni belgilash nazarda tutilyapti. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring