Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Leo dahosi!

Leo dahosi!

Zamonaviy futbol undan qarzdor edi, qarzini uzdi. U Argentina xalqi oldida qarzdor edi, qarzini uzdi.

U tarixga eng kuchli futbolchi bo‘lib kirishi uchun faqatgina shu sovrin kerak edi, u esa finalni ham tarixdagi eng zo‘ri qilib ketdi.

Chempionat startidagi o‘yindan keyin «Messi qani? Messi qani?» deb so‘rashdi. U esa yakunda «mana, men!» dedi.

Undan kamchilik qidirilganida «Bosh bilan o‘ynomaydi», deyishganida YeChL finalida bosh bilan gol urib ketgandi. «Uzoqdan zarba berib gol ura olmaydi», deyishganida jarimadan tashqaridan eng ko‘p gol uradigan futbolchiga aylandi. «Jarimadan tepa olmaydi», deya xitob qilishlari bilan standartlar qiroliga aylandi. «U yetakchi emas» deyishdi, maydonda ham, maydon tashqarisida ham liderga aylandi. U nafaqat maydondagi raqiblar bilan, o‘ziga qarshi barcha bilan, hatto o‘zining kamchiliklari bilan ham kurasha oldi va barchasini yengdi!

«Terma jamoada o‘ynay olmaydi» deyishardi. Endi esa u Argentina safida olmagan sovrini qolmadi! Yoshlar o‘rtasida Jahon chempioni, Olimpiada chempioni, Kopa Amerika va Jahon chempioni!

Futbolda faqat daholarni shunday taqdir va yakun kutadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring