Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Brejnevnikiga o‘xshash limuzin sotuvda — 50 mln rubl so‘rashmoqda

Brejnevnikiga o‘xshash limuzin sotuvda — 50 mln rubl so‘rashmoqda

Foto: Avito

1973-yilda ishlab chiqarilgan kamyob «ZiL-117» mashinasi sotuvga qo‘yildi. Bu sobiq ittifoq KP bosh kotibi Leonid Brejnevni olib yurgan «ZiL-114» limuzinining yengilroq va chaqqonroq talqini.

Mashina uchun 50 mln rubl (813 ming dollar atrofida) so‘rashmoqda.

Avtomobil bilan birga tarixiy ashyolar — sirena, migalka va aloqa vositalari qo‘shib sotilmoqda. Mashina 50 yillik tarixi davomida 69 ming kilometr yo‘l bosgan, deb yozdi Avito. Sotuvga qo‘yilgan mashina Simferopolda turibdi.

«ZiL-117» — sobiq ittifoq elitasi uchun ishlab chiqarilgan ilk sedan. Turkumgacha uchta mashinani qo‘shmaganda, jami 66 ta shunday avtomobil yig‘ilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


    Izohlar mavjud emas