Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Leopardning ozishi uchun qat’iy parhez va qo‘shimcha harakat ham yordam bermadi

Leopardning ozishi uchun qat’iy parhez va qo‘shimcha harakat ham  yordam bermadi

foto: 120.su

«Panzhihua Park Zoo» hayvonot bog‘i (Sichuan viloyati, Xitoy) e’tirozga uchradi, chunki u yerda yashovchi leopard ortiqcha vazni bilan jamoatchilik e’tiborini tortdi.

Ba’zilar yirtqichni tyulen deb mazaxlashdi, boshqalar esa «baqaloq mushuk» deya sog‘lig‘i haqida qayg‘urishdi. Bu barcha shikoyatlardan so‘ng hayvonot bog‘i xodimlari leopard ozishi kerak, degan qarorga kelishdi. Ammo ikki oy o‘tgach, barcha urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Leopard qo‘shimcha sayr qilish uchun to‘siq maydoni kengaytirilganiga, ovqatlanish jadvali o‘zgartirilganiga va qat’iy diyeta belgilanganiga qaramay, u umuman vazn yo‘qotmadi.

Shunday qilib, hayvonot bog‘i shunday xulosaga keldi: 16 yoshli leopard o‘zgarish uchun juda qari. Ular yirtqichni tinch qo‘yishga qaror qilishdi – ayniqsa, u haddan tashqari semizligiga qaramay, uning sog‘lig‘i juda yaxshi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring