Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Liftda qamalib vafot etgan ayol voqeasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Liftda qamalib vafot etgan ayol voqeasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uyning liftida 32 yoshli ayol vafot etganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat qo‘zg‘atildi.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

«Tergov o‘tkazish yo‘li bilan qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi», – deyiladi rasmiy xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 32 yoshli ayolning yangi foydalanishga topshirilgan ko‘p qavatli uyning liftiga qamalib qolib vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring