Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lissabonda uch kunlik motam e’lon qilindi

Lissabonda uch kunlik motam e’lon qilindi

Foto: CNN

Lissabonda funikulyor (qiyalikda harakatlanuvchi temir yo‘l transporti) vagoni izdan chiqib ketishi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi CNN Portugal.

Po‘lat arqon uzilib, funikulyor vagoni katta tezlikda binoga urilgan, deb yozdi Observador gazetasi.

Kamida 18 kishi jarohatlangan, besh nafarining ahvoli og‘ir. Shaharda uch kunlik motam e’lon qilindi.

«Elevador da Gloriya» funikulyori 1885-yilda ochilgan, Lissabonning tashrif qog‘ozlaridan sanaladi, 2002-yilda Portugaliyaning milliy yodgorligi deb tan olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring