Livandagi holat tashvish uyg‘otmoqda — BMT
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon Migratsiya Tashkiloti Livanda harbiy taranglikning ortib borayotgani va tinch aholi orasida qurbonlar soni ko‘pligidan jiddiy xavotir bildirdi.
23 sentyabr kunidan beri Isroil armiyasi Livanning janubiy shaharlari, shuningdek, qator viloyatlariga yuzlab havo hujumlarini amalga oshirdi.
Livan Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, hujumlarda 492 kishi, jumladan 35 bola va 58 ayol halok bo‘lgan, 1645 kishi jarohatlangan.
Poytaxt Bayrut va mamlakat shimoliga janubiy viloyatlardan ommaviy migratsiya davom etmoqda. Livan Ta’lim vazirligi maktablarda o‘qish to‘xtatilganini e’lon qilgan bo‘lsa, Ichki ishlar vazirligi janubdagi maktablardan ko‘chirilgan odamlarni joylashtirish uchun foydalanilishini aytdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter