Liz Trass Bayden va Makron bilan uchrashishni rejalashtirmoqda

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Liz Trass hafta oxirida AQSh va Fransiya prezidentlari Jo Bayden va Emmanuel Makron bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Britaniya hukumatidagi manbalarga tayanib, The Times gazetasi xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 19 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan qirolicha Yelizaveta II ning dafn marosimi arafasida vazirlar mahkamasi rahbari Avstraliya va Kanada bosh vazirlari Entoni Albaneze va Jastin Tryudo bilan ham uchrashadi.
Avvalroq, Liz Trass qirolicha Yelizaveta II vafoti munosabati bilan milliy motam paytida qirol Karl III ga mamlakat bo‘ylab qirollik safarida hamrohlik qilishi ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter