«Logitech» kompaniyasi «iPhone» uchun simsiz quvvatlagich chiqardi

«Logitech» kompaniyasi «Powered» deb nomlangan simsiz quvvatlash moslamasi ishlab chiqdi, deb xabar bermoqda «Astera.ru». Quvvatlagich asosan «iPhone 8», «iPhone 8 Plus» hamda «iPhone X» uchun mo‘ljallangan.
Yangi quvvatlagichga smartfonni ham vertikal, ham gorizontal holatda joylashtirish mumkin.
«Powered» boshqa smartfonlarni ham quvvatlay oladi, faqat bunda quvvatlash jarayoni sal cho‘ziladi. Masalan, qurilma «iPhone» uchun 7,5 Vt.gacha tok bera oladi, boshqa smartfonlar uchun bu ko‘rsatkich 5 Vt.dan oshmaydi.
Qurilma oldindan buyurtma bo‘yicha 70 dollarga sotilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter