Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Londonda noma’lum shaxs avtomobilini masjid yaqinidagi odamlar ustiga haydadi

Londonda noma’lum shaxs avtomobilini masjid yaqinidagi odamlar ustiga haydadi

Foto: «Gazeta.ru»

London shahri g‘arbida musulmonlar markazi yaqinida bir kimsa avtomobilini odamlar ustiga haydadi, deya xabar beradi «Gazeta.ru» nashri.

Voqea bugun, 19 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 00:30 da Oksgeyt-Leyn tumanida sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida ikki kishi jabrlangan. Ular shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.

Avtomobil haydovchisi voqea joyidan yashiringan. Politsiya xodimlari uni qidirishyapti. Huquq-tartibot idoralari xodimlari voqeaning terrorizmga aloqasi yo‘qligini aytishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring