Los-Anjeles hayvonot bog‘ida qiynalib qolgan jonivorlarni muz bilan boqishyapti
Kaliforniyada jazirama. Ayrim hududlarda havo harorati 50 daraja issiq. Los-Anjeles hayvonot bog‘idagi jonivorlar qiyin ahvolda qolishgan.
Afrika shimpanzesi yuqori haroratda ham o‘zini juda yaxshi his qiladi. Hatto, ularga ham 50 daraja ko‘plik qilyapti. Ichki volerda konditsioner o‘rnatilgan, tashqarida esa sharshara oqib yotibdi. Taomnoma turgan-bitgani muzdan iborat: muzlatilgan meva-sabzavotlar, muzlatilgan yem-xashaklar. Har doim shovqin solib o‘ynashga odatlangan maymunlar u yoqdan bu yoqqa shoshmasdan yurishibdi. Holdan toydiruvchi jazirama har bir volerning ichidagi jonivor uchun haqiqiy sinovga aylangan. Yaqin kunlarda havo harorati o‘zgarmasligi kutilyapti.
Odamlardan oftob charaqlab turgan paytda uy hayvonlarini sayr qildirmaslik so‘raladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter