Londonda haydovchisiz poyezd ishga tushirildi. Loyiha qiymati 10 milliard dollar

London yaqinida avtopilot bilan jihozlangan yo‘lovchi poyezdi ishga tushdi. Vagonlar Piterboro — Xorshem marshruti bo‘yicha qatnaydi, avtopilot esa Sent-Pankras va Blekfrayers stansiyasi oralig‘ida ishlaydi, deb xabar berdi «NV.ua».
AQShda haydovchisiz boshqariladigan Uber avtomobili sodir etgan avariyadan keyin, poyezd mashinisti doimo kabina ichida bo‘lishi kerakligiga qaror qilindi.
Haydovchi platformani hamda eshiklar yopilganini tekshirish uchun qoladi, xavfsizlik bo‘yicha qandaydir muammo yuzaga kelsa aralashadi. Keyingi yilning oxiriga kelib, London markazida «Thameslink»ka tegishli 24 ta poyezd qatnay boshlaydi.
«Class 700 Siemens» poyezdlari bir-biridan 100 metr oraliqda soatiga 45 kilometr tezlikda harakatlanadi. Har bir takrib 12 vagondan tashkil topgan bo‘lib, unga 1700 nafar yo‘lovchi ketadi. Bu yo‘lovchilar tirbandligini oldini olishga xizmat qiladi. Yaqin orada mazkur texnologiya mamlakatning boshqa qismlarida ham yo‘lga qo‘yilishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, haydovchisiz boshqariladigan poyezdni ishga tushirish uchun 5 yil va 10 milliard dollar kerak bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter