Luka Modrich Uels klubi xo‘jayinlaridan biriga aylandi

Madrid «Real» va Xorvatiya terma jamoasining yarim himoyachisi Luka Modrich Angliya quyi divizionida ishtirok etayotgan «Suonsi» klubining xo‘jayinlaridan biriga aylandi. Bu haqda klubning rasmiy veb-sayti xabar bermoqda.
«Bu ajoyib imkoniyat. «Suonsi» o‘ziga xos, ajoyib muxlislar bazasiga ega klub. Men klub bilan eng yuqori darajadagi o‘yin tajribamni baham ko‘rishim mumkinligiga ishonaman. Mening maqsadim klubning o‘sishini ijobiy tarzda qo‘llab – quvvatlash va ajoyib kelajakni qurishga yordam berishdir», – deya Modrichning so‘zlarini keltiradi manba.
Hozirgi vaqtda Uels klubi Chempionshipda 42 o‘yindan so‘ng 54 ochko to‘plagan holda 12-o‘rinni egallab turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter