Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lukashenko Zelenskiy bilan muhim masalada uchrashish istagini bildirdi

Lukashenko Zelenskiy bilan muhim masalada uchrashish istagini bildirdi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan muzokara o‘tkazishni xohlashini aytdi

Bu haqda Lukashenko “Rossiya 1” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. 

"Men u bilan gaplashishni istardim. Unga aytadigan gapim bor. Menimcha, maslahatlashuvga kirishish vaqti keldi. Rossiya armiyasi barcha jabhalardagi yirik aholi punktlarini nazoratga oldi va ularni to‘xtatish qiyin bo‘ladi", - dedi Lukashenko. 

Lukashenkoning fikricha, Zelenskiy “to‘xtamasa, butun Ukrainani yo‘qotadi”. 

“Ukraina mojarosi bo‘yicha yaxshi takliflar bor, ularni AQSh prezidenti Donald Tramp ham eshitgan”, — dedi Lukashenko.

Rossiya Ukrainaga hujum qilgach, Kiyevning Belarus bilan munosabatlari keskin yomonlashdi. Ukraina qo‘shnisini Rossiya hujumi uchun sharoit yaratishda aybladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring