Lukashenkoning samolyoti Ukraina havo kengliklariga qo‘yilmadi

Bortida Aleksandr Lukashenkoni olib uchgan samolyot Ukraina havo kengliklarini chetlab uchishga majbur bo‘ldi. Bu haqda «Avia.pro» xabar berdi.
Ekspertlarning fikricha, voqeaga sabablardan biri Lukashenko bot-bot Kiyev sha’niga tanqidlar yog‘dirib turishidir.
Internetda ushbu parvoz sxemasi paydo bo‘ldi: ko‘rish mumkinki, ukrainaliklar ruxsat berishganida, Lukashenkoning samolyoti Ukrainaning qoq o‘rtasidan, Rossiyaga qo‘shilganini Minsk tan olmagan Qrim yarimorolining ustidan ham uchib o‘tishi mumkin edi.
Lukashenko Sochiga uchgandi: bugun Rossiya va Belarus davlat rahbarlari uchrashuvi belgilangandi.
Ayrim xabarlarga ko‘ra, Lukashenko va Putin Ittifoqdosh davlat xavfsizlik masalalarini muhokama qilishadi. Boshqa bir xabarda Lukashenko $3 mlrd. kredit so‘rash uchun kelgani aytiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter