Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Madaniy meros ob’yektlariga qaranglar desak, pul yo‘q, deyishadi. Amalda esa ahvol bunday...» — Tanzila Norboyeva

«Madaniy meros ob’yektlariga qaranglar desak, pul yo‘q, deyishadi. Amalda esa ahvol bunday...» — Tanzila Norboyeva

Foto: «Senat.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining kechagi yalpi majlisida parlament yuqori palatasi rahbari Tanzila Norboyeva mahalliy  byujdet mablag‘lari talon-toroj qilinishi bilan bog‘liq holatlarni yana bir bor tilga olib o‘tdi.

«Budjet ijrosiga qarab islohotlarning qanday kechayotganini bilib olish mumkin, — dedi Tanzila Norboyeva. — To‘g‘ri, bu yil oson bo‘lmadi. Shunga qaramasdan, 9 oy davomida ko‘p ish qilingan. Biroq muammolar ham yetarli. Ayniqsa, mahalliy budjetlar bilan bog‘liq tizimli muammolarning saqlanib qolayotgani hududlar palatasi sifatida bizni tashvishlantirishi tabiiy. Xususan, mahalliy budjetlarda hosil bo‘lgan qo‘shimcha mablag‘larning 10 foizini jamoatchilik takliflariga ko‘ra yo‘naltirishning samarali, ochiq va shaffof tizimini yaratishga ehtiyoj bor...».

Senat raisiga ko‘ra, shu yilning oktyabr oyida Hisob palatasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida mahalliy budjetlar qo‘shimcha daromadlari hisobidan ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish holatlari o‘rganilgan. Buning natijasida 146,5 mlrd. so‘mlik xato- kamchiliklar aniqlandi. Birgina qurilish sohasida qariyb 8 mlrd. so‘mlik xarajatlar ortiqcha va
yuqori narxlarda kiritilgan. Bajarilmagan ishlar uchun 1 mlrd. 600 mln. so‘mlik xarajatlar qo‘shib yozilgan.

Aksariyat qonun buzilishi holatlari ta’lim tizimida kuzatilgan. Tizimda umuman ishlamaydigan odamlarga yillar davomida oylik yozib kelingan.

Vazirliklar va hokimliklarda ham ahvol shu. Madaniyat vazirligida amalda yetkazib berilmagan mahsulotlar, bajarilmagan ishlar va ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun 12 mlrd. so‘m budjet mablag‘i talon-toroj qilingan. Biz «Moddiy-madaniy meros ob’yektlariga qaranglar, madaniyat markazlari xarob ahvolda», desak, pul yo‘q deyishadi. Amalda esa ahvol mana bunday...

«Albatta, javobgarlik muqarrar, undan qochib ketib bo‘lmaydi. Muammo, bunga sharoit yaratib berayotgan omillar: ochiqlik ta’minlanmagan, mas’uliyat yo‘q, nazorat sust», — deya  ta’kidlaydi T.Norboyeva.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring