Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Madaniyat va ma’rifat» telekanali nomi «Karvon»ga o‘zgarmaydigan bo‘lyapti

«Madaniyat va ma’rifat» telekanali nomi «Karvon»ga o‘zgarmaydigan bo‘lyapti

Madaniyat va turizm vazirligi «Madaniyat va ma’rifat» telekanali negizida «Karvon» nomli telekanal ochishni nazarda tutuvchi hujjat loyihasini ishlab chiqqani va bu masala atrofida jamoatchilik faollari, jumladan, jurnalistlar tomonidan qizg‘in muhokama qilingani aytilgan edi.

Vazir Ozodbek Nazarbekov o‘zining Telegram kanalida mazkur mavzu atrofidagi fikr-mulohazalarga o‘z munosabatini bildirdi va yechimlari bilan o‘rtoqlashdi.

Unga ko‘ra, vazir telekanal nomini o‘zgartirmaslik, ilmiy-ma’rifiy, adabiy-badiiy loyihalarni saqlab qolish va rivojlantirish hamda moddiy-texnik baza masalasiga yechim topish masalalarini o‘zi uchun belgilab olgan.

Shuningdek, mehnatga munosib haq to‘lash masalasini hal qilish hamda badiiy va hujjatli filmlar, umuman, barcha janrdagi mediamahsulotni efirga uzatishda litsenziya bilan bog‘liq masalalarni hal qilish vazirlik zimmasida bo‘ladi.

«Bu va boshqa yondosh masalalar bosqichma-bosqich hal etilishi lozim. Bu jarayonlarda esa butun jamoa birlashishi, bahs-munozara maydonida ko‘rsatgan qat’iyatini ish maydonida ham namoyon etishi zarur deb bilaman», deydi vazir.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring