Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Magistratura imtihonlarida muhim o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda

Magistratura imtihonlarida muhim o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda

Foto: Xabar.uz

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Qarshi davlat universitetining iqtidorli talaba-yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Unda vazirning ochiqlashicha, magistratura imtihonlariga yangi o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.  

– Sizni yangi o‘zgarishdan xabardor qilmoqchiman, – dedi A.Toshqulov. – Joriy yilda magistraturaga o‘qishga kirish uchun mutaxassislik fanlaridan imtihonlarni bekor qilish tartibini ko‘rib chiqyapmiz. O‘zi shunday ham talaba 8 semestr davomida mutaxassislik fanlaridan kerakli ko‘nikma va bilimni egallaydi. Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishga kirish uchun chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi malaka sertifikati hamda bakalavr diplomining o‘rtacha bali hisobga olinadi.

Hozirda ushbu taklif o‘rganilmoqda.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring