«Mahalla yettiligi»ning vazifalari belgilab berildi
Yig‘ilishda «mahalla yettiligi»ning vazifalarini aniq belgilash lozimligi qayd etildi. Misol uchun:
- mahalla raisi ehtiyojmand oilalarga uy-joyini yaxshilashga ko‘maklashish;
- hokim yordamchisi ishsizlarga ish topishga ko‘maklashish;
- yoshlar yetakchisi yoshlarni sport, musiqa va to‘garaklarga jalb etish;
- xotin-qizlar faoli ayollarni tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilikka jalb qilish;
- soliq xodimi mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda o‘zini o‘zi band qilganlarga kichik biznes toifasiga o‘tishga ko‘maklashish;
- ijtimoiy xodim yolg‘iz keksa, nogiron va boshqa muhtojlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish kabi aniq vazifalar bilan shug‘ullanishi lozim.
Avvalroq mahallalarda yana ikkita lavozim joriy etilgani xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter